"Nyukasl" futbolchisining xaridori ko'payib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
Evropaning bir qator klublari "Nyukasl" vingeri Allan Sent-Maksimenga qiziqish bildirmoqda.
Ular orasida "Everton", "Kristal Pelas", "Marsel" va "Milan" klublari bor.
Qolaversa, 26 yoshli frantsiyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni jamoalaridan qiziqishlar bor, shu bois “qarg'alar” rahbariyati futbolchini o'z mamlakati klublariga - "An-Nasr", "Al-Hilol", "Al-Ittihod" yoki "Al-Ahli" jamoalariga sotish niyatida.
O'tgan mavsumda futbolchi 31 ta o'yinda 1 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Nyukasl” Allanni 2019 yilning avgustida “Nitstsa”dan 18 million evro evaziga sotib olgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!