Jota: "Diasning "Liverpul"ga kelishi menga moliyaviy zarar keltirgan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
Kolumbiyalik Luis Dias 2022 yilning yanvar oyida "Liverpul" klubiga ko'chib o'tgandi. Ammo, ma'lum bo'lishicha, uning o'tishi Diogo Jotani biroz xafa qilgan, ammo g'ayrioddiy sababga ko'ra. Gap shundaki, u Portudagi uyini Luisga ijaraga bergani uchun pul yo'qotgan.
"Luis Dias uyimni ijaraga oldi va menga bir yil oldindan pul to'ladi. Ammo yanvarda u "Liverpul"ga o'tib, mening jamoadoshimga aylandi. Men foydali shartnomadan voz kechishga majbur bo'ldim, pulning yarmini unga qaytarib berdim", - dedi Jota FourFourTwo bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!