Romano: "Viktor Roke - "Barselona" futbolchisi!"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
"Barselona" "Atletiko Paranaense" hujumchisi Vitor Roke bilan shartnoma imzoladi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, 2005 yilda tug'ilgan iqtidorli futbolchi Ispaniyaning amaldagi chempioni bilan shartnomaning barcha shartlarini kelishib olgan. Ma'lum qilinishicha, klublar o'rtasida transfer bo'yicha ham kelishuv mavjud bo'lib, u "Barselona"ning rejasiga ko'ra, 2024 yil boshida amalga oshiriladi.
Eslatib o'tamiz, Roke hozirgi jamoasida 2022 yilning aprel oyiidan buyon o'ynamoqda. Transfermarkt portali hujumchining narxini 18 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!