“Lids” himoyachisi Bundesligaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Premer-ligadan Chempionshipga tushib ketgan “Lids” himoyachisi Robin Kox Germaniya Bundesligasiga qaytishga yaqin turibdi.
Bulinews xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi Frankfurtning "Ayntraxt" klubiga ijara asosida o'tmoqchi.
Qayd etilishicha, Germaniya terma jamoasi himoyachisi o'ziga qiziqish bildirgan “Bayer”dan ko'ra, sobiq Evropa ligasi g'olibini afzal ko'rgan.
Eslatib o'tamiz, Robin Koxning "Lids" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi, ya'ni u ijara shartnomasi yakunida erkin agent sifatida ketishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!