Rasman! Hojimat Erkinov "Paxtakor"ga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Moskvaning "Torpedo" jamoasida o'ynagan Hojimat Erkinov "Paxtakor"ga qaytdi.
"Klubimiz tarbiyalanuvchisi sanalgan Hojimat ijara asosida jamoamiz sharafini himoya qiladi. Erkinov 2020, 2021 va 2022 yillarda "Paxtakor"ning chempionlikka erishishiga o'z hissasini qo'shgan. "Sherlar" tarkibida Superligada 37 o'yinda 6 gol urgan, Chempionlar Ligasida esa 13 bahsda 2 gol muallifiga aylangan. Moskvaning "Torpedo" klubi bilan kelishuv asosida Erkinov bir yilga ijaraga olindi" - deyiladi "Paxtakor"ning rasmiy bayonotida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!