Martines "Barselona" safida fotosessiyada ishtirok etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
Ispaniyalik markaziy himoyachi Inigo Martines "Barselona" safiga qo'shildi.
OAV 32 yoshli futbolchining "ko'k-anorrangli" futbolkada fotosessiyada qatnashgani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, tomonlar o'rtasida shartnoma allaqachon imzolangan. Yaqin kunlarda bu haqda rasmiy e'lon qilinadi.
Martines avvalroq Bilbaoning "Atletik" klubini tark etib, erkin agentga aylangan edi. 2022/23 yilgi mavsumda futbolchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 18 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Transfermarkt ekspertlari 32 yoshli himoyachining narxini o'n million evroga baholamoqda.
Ispaniya chempionatining yangi mavsumi 11-12 avgust kunlari boshlanishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!