Loftus-Chik qaysi raqam ostida o'ynashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
Bu yozda "Milan"ga ko'chib o'tgan hujumkor yarim himoyachi Ruben Loftus-Chik yangi jamoasidagi raqam borasida bir qarorga keldi.
"Rossonerilar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, ingliz futbolchisi 8-raqamni tanlagan.
27 yoshli vinger o'tgan oy oxirida "Chelsi"dan "Milan"ga o'tgandi. Ruben "rossonerilar" bilan 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnomani imzoladi. Bitim 16 million evroni tashkil qildi.
Loftus-Chik Angliya Premer-ligasining so'nggi mavsumida 25 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!