Alkantara Saudiyadan tushgan taklifga rad javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Liverpul" yarim himoyachisi Tyago Alkantaraga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi moliyaviy jihatdan foydali bo'lgan bitta taklifni rad etgan.
Hozircha Tyagoning rejasi "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasini oxirigacha yakunlab qo'yish. Shartnoma 2024 yil iyun oyining oxirigacha mo'ljallangan. Futbolchining pozitsiyasi o'zgarishi yoki o'zgarmasligi hozircha noma'lum.
Tyago "Liverpul" safida 2020 yilning sentyabr oyidan buyon o'ynab kelmoqda. Ingliz klubi safida 97 ta rasmiy o'yinda ispaniyalik futbolchi 3 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!