Yurtimizda Mirabror Usmonov xotirasi uchun xalqaro turnir o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Taniqli davlat arbobi, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” va «Do'stlik» ordenlari sohibi, bir necha yillar davomida sportimiz, xususan futbolimiz rivojlanishi hamda dunyoda o'z o'rniga ega bo'lishida ulkan hissa qo'shgan shaxs — Mirabror Usmonovning yorqin xotirasini milliy sportimiz jamoatchiligi aslo unutmaydi.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Mirabror Zufarovich xotirasiga bag'ishlab an'anaviy xalqaro turnir tashkil etadi. Unda 15 yoshgacha bo'lgan 4 ta jamoa — O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, BAA va Chernogoriya ishtirok etadi.
Uchrashuvlar 11-15 avgust kunlari poytaxtimiz yashil maydonlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!