"An-Nasr" Mane bilan yangi muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Bavariya" vingeri Sadio Mane yozda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi mumkin.
Bayern & Germany portalining xabar berishicha, "An-Nasr" 31 yoshli futbolchi bilan muzokaralarni boshlagan. Bir necha hafta oldin senegallik vinger bu variantdan voz kechgandi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni suveren jamg'armasi Manega istalgan jamoaga transfer taklif qilishga tayyorligi haqida ham ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
"Bavariya" Sadioni o'tgan yozda "Liverpul"dan 32 million evro evaziga sotib olgandi. Mavsumda u 38 o'yin o'tkazib, 12 gol va 6 golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!