Bekxem Bellingemga nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75
"Real"ning yangi futbolchisi Jud Bellingem Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem "Qirollik klubi"ga o'tishidan oldin unga nimalar tilaganini aytdi.
“Bekxem men bilan bog'lanib, eng yaxshi tilaklarini aytdi. “Real”dek klubga o'tsangiz, ko'p maslahat va tavsiyalarni eshitasiz. Hozircha men Madrid jamoasining sobiq o'yinchilaridan faqat ijobiy sharhlar oldim", - dedi yarim himoyachi.
Bellingem 103 million evro evaziga Dortmundning "Borussiya"sidan "Real"ga o'tgan edi. "Qaymoqranglilar" angliyalik futbolchi bilan 2029 yilning o'rtalariga qadar uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!