"Chelsi" "Brayton" bilan Kaysedo borasida muzokaralarni davom ettirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Chelsi" va "Brayton" so'nggi to'rt kun ichida yarim himoyachi Moyses Kaysedoning transferi bo'yicha muzokaralar olib borishgan.
Londonliklar 70 million evro kafolatlangan to'lovlar va 10 million evro bonuslar evaziga shartnomani yopishlariga umid qilmoqda. Biroq, "chaykalar" hali ham ko'proq tovon talab qilmoqda va muhokamalar davom etmoqda.
Avvalroq Moyses bilan shartnoma imzolash klub uchun ustuvor maqsad ekani takidlangandi.
Kaysedo 2022/23 yilda “Brayton” tarkibida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!