Italiya terma jamoasi a'zosi bir nechta klublarining transfer maqsadiga aylangan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Lids" vingeri Uilfrid Nonto bir qancha klublarning transfer maqsadi hisoblanadi.
Futbolchiga "Everton", "Aston Villa" va "Frayburg" da'vogarlik qilmoqda. Katta ehtimol bilan futbolchi “Lids”ni jamoa Premer-ligadan tushib ketganidan keyin tark etadi.
Klub Nontoni 25 million evroga baholaydi, uning shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Ayni damda Uilfrid uchun poygada favorit "Everton" hisoblanadi.
Nonto 2022 yilning sentyabrida "Tsyurix"dan 4,5 million evro evaziga “Lids”ga o'tgan edi.
Joriy mavsumda futbolchi 28 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!