Xavi de Yongning o'rnini kim bilan to'ldirmoqchi ekanligini biladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177
Yarim himoyachi Niko Gonsales, agar xizmatlariga "Manchester Siti" qiziqayotgan niderlandiyalik Frenki de Yong klubini tark etsa, "Barselona"ning asosiy futbolchisiga aylanishi mumkin.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" ustozi Xavi Ernandes futbolchining mavsumoldi yig'inlarda o'yinin baholamoqchi. Gonsalesning o'zi jamoadan asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor.
Niko o'tgan mavsumda "Valensiya"da ijara asosida o'ynagandi. Yarim himoyachi 26 uchrashuvda qatnashib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt uning narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!