"Inter" Onanaga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Manchester Yunayted" "Inter" darvozaboni Andre Onananing transferi borasida optimistik fikrda. Futbolchi Italiya klubini tark etishga yaqin turibdi. Milanliklar kamerunlik posbon o'rniga darvozabon qidirmoqda, "Atalanta" darvozaboni Marko Karnesekki esa nomzodlardan biri, deb xabar beradi Football Italia.
Karnesekki o'tgan mavsumni "Kremoneze"da ijarada o'tkazdi va 30 iyun kuni "Atalanta"ga qaytdi. 23 yoshli italiyalik darvozabon Transfermarkt tomonidan 13 million evroga baholangan. Uning “Atalanta” bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Manchester Yunayted” “Inter”ga darvozabon Andre Onana transferi bo'yicha birinchi taklif bilan chiqqani, biroq u rad etilgani haqida xabar berilgandi.