Lingard ham Jerrardning yangi jamoasiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Stiven Jerrard Premer-liga futbolchilarini Saudiya Arabistoniga taklif qilmoqchi.
Kecha "Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi "Al-Ittifoq"ni qabul qilib olgan edi.
CBC Sport jurnalisti Ben Jeykobsning fikricha, “Al-Ittifoq”ni kuchaytirishning ustuvor variantlaridan biri bu Filippe Koutino. Jerrard u bilan “Aston Villa”da ishlagan.
Hozirda “Inter Mayami” jamoasida mashg'ulot o'tayotgan Jessi Lingard bilan shartnoma imzolash masalasi ham ko'rib chiqilmoqda.
Koutinoni "Aston Villa" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Lingard "Nottingem Forest"ni tark etganidan so'ng erkin agent maqomida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!