"Fiorentina" Amrabat uchun takliflar yo'qligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
"Fiorentina" marokashlik yarim himoyachi Sofyan Amrabatning "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Bizga bu futbolchini transfer qilish bo'yicha takliflar kelib tushmadi. Sofyan hozirda "Fiorentina" futbolchisi. Agar munosib transfer variantlari mavjud bo'lsa, biz ularni ko'rib chiqamiz", - deb xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
26 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumda A Seriyaning 29 ta o'yinida maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 11 ta sariq kartochka olgan. Sofyanning narxi 30 million evro, shartnoma 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!