"Fotih Karagyumruk" Kannavaro bilan shartnoma imzolamaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro "Fotih Karagyumruk"ni boshqarmaydi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Manbaga ko'ra, turk klubi 49 yoshli italiyalik bilan kelisha olmadi. Qayd etilishicha, tomonlar jamoa tarkibi borasida to'liq kelishuvga erisha olishmagan.
Bungacha turk jamoasini boshqa italiyalik - Andrea Pirlo boshqargandi. U may oyida klubni tark etdi.
Kannavaroning so'nggi ish joyi shu yilning fevral oyida tark etgan "Benevento" bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!