Osimxen "Napoli" bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Football Italia.
Manba bergan xabarga ko'ra, tomonlar futbolchining maoshi va tovon puli miqdorini oshirish bo'yicha murosaga kelishgan. Shu bilan birga, hujumchini sotib olmoqchi bo'lgan klublarning hech biri "Napoli"ga 120 million evro taklif qilishga tayyor emas.
24 yoshli Osimxen o'tgan mavsumda "Napoli" safida barcha turnirlar doirasida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. U A Seriyaning eng yaxshi to'purariga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!