"Atletiko" himoyachisi faoliyatini La Liganing boshqa jamoasida davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Himoyachi Manu Sanches "Selta Vigo" bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
22 yoshli ispaniyalik bilan kelishuv 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi erkin agent sifatida transfer qilindi.
Madridning “Atletiko” klubi “Selta” himoyachisi Xavi Galan bilan shartnoma imzoladi.
Sanches "Atletiko Madrid" tarbiyalanuvchisi. O'tgan mavsumda u "Osasuna" tarkibida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!