"Everton" futbolchisi baxtli
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Everton" o'z sardori Sheymus Koulman bilan shartnomani uzaytirganini ma'lum qilgan edi. Shunday keyin futbolchi bu haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Hamma "Everton" men uchun nimani anglatishini yaxshi biladi. Men 14 yildan beri shu jamoa bilan birgaman. Oilam, do'stlarim va butun borlig'im shu erga bog'langan. Klub muxlislarini yaxshi ko'raman. "Everton" sardori bo'lish men uchun katta sharaf. Buni qadrlayman".
34 yoshli himoyachi 2009 yildan beri mersisaydliklar safida harakat qiladi. U jami 409 ta o'yinda maydonga tushgan.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!