Jamoliddin Rahmatullaev: «Biz bu erga shunchaki JCh yo'llanmasi uchun emas, chempion bo'lish uchun kelganmiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev U17 Osiyo kubogi chorak final bosqichida bo'lib o'tgan Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin (2:0) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Og'ir o'yin bo'lishini bilardik. Men murabbiylar shtabining har bir a'zosiga rahmat aytaman. Ular mashaqqatli mehnatni amalga oshirishmoqda. Shuningdek, shogirdlarim bilan cheksiz faxrlanaman.
Jahon chempionati yo'llanmasini 35 millionlik O'zbekiston xalqiga bag'ishlayman. Ular bizdan g'alaba kutishayotgandi. Ular bizni keyingi o'yinda ham qo'llab-quvvatlashadi. Biz esa finalga chiqishga va sovrinni O'zbekistonga olib ketishga harakat qilamiz. Biz bu erga shunchaki JCh yo'llanmasi uchun emas, chempion bo'lish uchun kelganmiz.
Albatta, JCh yo'llanmasi qo'lga kiritilgach, yigitlarni keyingi o'yinlarga ruhlantirish oson bo'lmaydi. Ammo, ishonchim komil, biz buni uddalaymiz", — dedi Rahmatullaev.