"Real" futbolchisi irqiy haqoratga duch keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 69
"Real Madrid" futbolchisi Vinisius Tobias "Eldense"ga qarshi o'yinda irqiy haqoratga uchradi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi o'yinning ikkinchi bo'limida 12 yoshli bolakay "Real Madrid Kastilya"da o'ynayotgan Donetskning "Shaxtyor" klubidan ijaraga olingan himoyachini "maymun" deb haqorat qildi.
"Bolakaydan buni kutmagandim. Haqiqat shundaki, bola menga "maymun!" - deb baqirdi.
Bunday holatlar tufayli futbolchilarning jabrlanganini ko'rish juda achinarli. Bu har doim sodir bo'ladi. Siz buni qanchalik og'riqli ekanini bilmaysiz", — deb post qoldirdi Vinisius Tobias o'zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida.
Vinisius Junior o'tgan mavsumda "Real Madrid"ning asosiy jamoasida o'ynab, "Valensiya"ga qarshi bahsli o'yinda irqchilikka uchragandi.