"Tottenxem" Keynni sotsa, Osimxenni oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Tottenxem" Viktor Osimxen uchun kurashga qo'shilishi mumkin.
Sky Sports Italia jurnalisti Massimo Marianellaning so'zlariga ko'ra, agar Xarri Keyn sotilsa, "shporlar" "Napoli" hujumchisini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqadi.
Shuningdek, yaqin vaqt ichida “Chelsi” neapolliklarga taklif bilan chiqadi. "Manchester Yunayted" va "PSJ" ham vaziyatni kuzatib borishmoqda.
Italiya klubi o'zining eng yaxshi to'purari uchun 150 million evro olmoqchi ekani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!