G'oya/ishtiyoqmi yoki pul?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
26 yoshida «Inter» prezidentiga aylangan xitoylik Stiven Chjan «Manchester Siti»ga qarshi kechgan Evropa Chempionlar Ligasi finali oldidan o'tkir fikrlari bilan e'tibor markaziga tushdi.
«Ochig'i, finalni faqat orzu qilardim, xolos. Milliy ligalar o'rtasidagi daraja va farqni inobatga olib, ChL finaliga chiqishning iloji yo'qligini o'ylaganim ham rost. Lekin bilamanki, futbol hamisha quvnoq va unda pul har doim ham g'alaba qozonmasligi mumkin. Oddiy aytganda, futbolda pul o'rnini g'oya, ehtiros, ishtiyoq va e'tibor bilan bosish imkoni bor. Ertaga shu fikrim tasdiqlanishidan umidvorman. Oxirgi kunlar ChLda g'alaba qozonish qanday bo'lishi haqida ko'p o'yladim. Oldin buni xayolimga ham keltirmagan ekanman. Bugunning haqiqati shuki, hozir finaldamiz va sovrin yutishga harakat qilamiz, albatta. Jamoamiz birdam. Inzagi aytganidek, hech qanday qo'rquv yo'q. O'zimizga mutlaqo ishonamiz», - degandi Stiven Chjan.
Istanbul finali tafsilotlari hammaga ma'lum: Chjan aytganidek, «Inter» dahshatli raqib oldida esankirab qolmadi, aksincha, ba'zi jihatlar bo'yicha ustun ko'rindi ham. Lekin tajriba/mahorat yakunda g'oya/ishtiyoq ustidan g'alaba qozondi. Agar «Inter» vaziyatlardan foydalanganida va «shalpangquloq» kubokni o'z tomoniga og'dirganidami, Stiven Chjan trendga chiqardi, shubhasiz. Aniqrog'i, uning pul va g'oya/ishtiyoq haqidagi xulosasi. Amalda taqdir bu safar «Siti» misolida tajriba va qisman mablag' «boshini siladi». Shunday bo'lsada, «Inter»ning xitoylik prezidentini olqishlash kerak. Zero, u o'z jamoasiga yaqqol favorit sanalgan raqibga qarshi o'yin oldidan zarur motivatsiya bera oldi.
STIVEN ChJAN
2018 yili 26 yoshida «Inter» prezidenti lavozimida ish boshladi. U klub tarixidagi eng yosh prezidentdir Stiven Chjan - «Inter» sohibi Chjan Tszindunning o'g'li Stiven Chjan - iqtisodchi. U oliy ta'limni AQShda oldi Stiven Chjan «Inter» prezidenti sifatidagi ishini qarz masalasini echish bilan boshladi va birinchi kundayoq muammoni hal qildi 2019 yili «Inter» tashkiloti bahosi 41 foiz oshib, 692 million evroga etdi. Bu butun Evropadagi klublar uchun eng yuqori o'sish sur'atidir Stiven Chjan «Inter» rahbari rolidagi faoliyati davomida Romelu Lukaku, Diego Godin, Kristian Eriksen, Aleksis Sanches, Arturo Vidal, Hoqon Chalxanoglu, Lautaro Martines, Ashraf Hakimi, Genrix Mxitaryan va Edin Jeko kabi yulduzlar bilan shartnoma tuzdi Stiven Chjan «Inter» sport direktori lavozimiga mashhur Juzeppe Morattani jalb etdi«Inter» Stiven Chjan davrida 2020 yili EL finalida o'ynadi, 2021 yili «A» seriya g'olibiga aylandi, 2022 va 2023 yillar Italiya superkubogini yutdi, 2022 yili Italiya kubogiga ega chiqdi, 2023 yili esa ChL finalida o'ynadi
Manba: «Interfutbol» gazetasi