"Arsenal" Timber uchun ikkinchi taklifini yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"Arsenal" "Ayaks"dan Yurrien Timber uchun ikkinchi taklif bilan chiqdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, London klubi “Ayaks”ga ikkinchi rasmiy taklifni yuborgan. "Arsenal" shu hafta shartnomani yopmoqchi. Muzokaralar davom etmoqda.
Avvalroq “Ayaks” “Arsenal”ning 30 million funtlik birinchi taklifini rad etgan edi.
O'tgan hafta "kanonirlar" Timber bilan 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib oldi. Unga ko'ra, u yiliga 8 million evro olishi mumkin bo'ladi.
O'tgan mavsumda Yurrien "Ayaks" tarkibida barcha turnirlarda 47 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!