Lukakuga narx belgilandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Chelsi" hujumchi Romelu Lukakuni shu yozda sotmoqchi.
Manbaga ko'ra, londonliklar futbolchini sotishdan taxminan 40-50 million evro ishlab olishni rejalashtirgan. Futbolchiga Italiya va Saudiya Arabistoni chempionati klublari qiziqmoqda.
Hujumchi o'tgan mavsumda "Inter" safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!