Zieshning transferi hachon e'lon qilinadi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Chelsi" yarim himoyachisi Xakim Ziesh yangi hafta boshida "An-Nasr"ga o'tadi, deya xabar beradi ijtimoiy tarmoq insayderi Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, tomonlar hujjatlarning dushanba-seshanba kunlari imzolanishiga ishonchi komil.
Avvalroq, 30 yoshli futbolchi "An-Nasr"da yiliga 30 million evro ishlab olishi, qo'shimcha daromad manbalariga ham ega bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi.
O'tgan mavsumda Ziesh “Chelsi” safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!