Allegri Rabo bilan gaplashmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboni jamoani tark etmaslikka ko'ndirmoqchi, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira o'zining ijtimoiy tarmoqlarida.
Manbaga ko'ra, futbolchining Turin klubi bilan shartnomasi shu hafta oxirida yakuniga etadi. “Yuventus” futbolchini jamoada olib qolmoqchi. Futbolchiga hattoki jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri qo'ng'iroq qilgan.
Raboni "Manchester Yunayted" o'z safiga qo'shib olishi mumkinligi xabar qilingandi.
28 yoshli frantsiyalik o'tgan mavsumda 48 o'yin o'tkazib, 11 gol va 6 golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!