"Ayaks" iqtidori kelasi mavsumni APLda boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
"Brayton" "Ayaks" yarim himoyachisi Muhammad Kudusni sotib olishni ko'rib chiqmoqda.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, yarim himoyachi ingliz klubining yozdagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Transfer borasidagi muzokaralar hali boshlanmagan.
Kudus “Ayaks” safida 2020 yildan buyon to'p tepadi. 22 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ganalik futbolchini 30 million evroga baholamoqda.
2022/23 yilgi mavsumda Kudus “Ayaks” safida barcha turnirlar doirasida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!