"Chelsi" Lukakuning kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Chelsi" jamoasi hujumchisi Romelu Lukakuni sotishga qaror qildi.
London klubi hujumchini ijaraga berishni rejalashtirmayapti, futbolchi yozgi transfer oynasida sotiladi.
Oldinroq forvard Saudiya Arabistonining yangi taklifini rad etgani xabar qilingandi.
Belgiyalik futbolchi o'tgan mavsumda “Inter” safida barcha turnirlar doirasida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, 30 yoshli futbolchining narxi 40 million evroni tashkil qiladi. Futbolchining "Chelsi" bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!