"Manchester Yunayted" Maunt o'rniga kimni sotib olishni biladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74
"Manchester Yunayted" "Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Mauntga qiziqishni to'xtatdi.
“Chelsi” avvalroq “Manchester Yunayted”ning 50 million funtlik uchinchi taklifini rad etgandi.
Maunt "Chelsi" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2022/23 yilgi mavsumda jamoa uchun 35 o'yinda 3 gol va 6 golga assistentlik qilgan.
Qayd etilishicha, “qizil iblislar” “Brayton” yarim himoyachisi Moyses Kaysedoning transferi ustida ish boshlash niyatida.
2022/23 yilgi mavsumda Kaysedo 43 ta o'yinda maydonga tushib, gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "chaykalar" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 75 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!