Jermeyn Defo esingizdami? Unga 10 yil oldingi g'alabasi uchun medal topshirishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5928
“Tottenhem” klubining sobiq hujumchisi Jermeyn Defo Angliya Liga Kubogidagi g'alaba uchun medalga ega bo'ldi, deb yozadi Daily Mail.
2008-yilda “shporlar" Liga Kubogining finalida «Chelsi»ni mag'lub etgandi.Jermeyn musobaqaning yarim finaliga qadar “Tottenhem” o'yinchisi bo'lgan, ammo «Uembli»dagi finaldan bir oy oldin “Portsmut” klubiga o'tadi. Natijada finalda ishtirok eta olmaydi.
Ammo futbolchi oradan 10 yil o'tib, medaliga ega chiqdi. Defo hozirda 36 yoshda va u “Bornmut2 klubi a'zosi.
Ta'kidlash joiz, mazkur Liga Kubogidagi g'alaba Defoning butun faoliyatidagi yagona jiddiy sovrin sifatida qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!