Saudiya Arabistoni nima uchun JCh-2030 mezbonligi uchun arizasini qaytarib olgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
Saudiya Arabistoni futbol bo'yicha 2030 yilgi jahon chempionati mezbonligi uchun kurashdan chiqqani haqida xabar berib o'tgandik.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, Saudiya Arabistoni hukumati boshqa da'vogarlar — Portugaliya, Ispaniya va Marokash qo'shma arizasi bilan raqobat qila olmasligini tushunib etgan.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Gretsiya va Misr bilan birgalikda qo'shma ariza topshirgandi. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Gretsiya va Misr bilan bog'lanib, o'z nomzodini qaytarib olayotganini ma'lum qildi.
Endi JCh-2030 mezbonligi uchun 2 ta ariza qoldi: Ispaniya-Portugaliya-Marokash va Argentina-Urugvay-Paragvay-Chili. JCh-2030 mezboni FIFAning 2024 yilda bo'ladigan Kongressida aniqlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!