Ronalduning opasi Krishtianu nima uchun hech qachon alkogol ichmasligini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84
«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru futbolchi nima uchun hech qachon alkogol ichmasligini ma'lum qildi.
«U kimgadir ortiqcha yuk bo'lmaslikka qat'iy qaror qilgan. U otasiga kabi alkogolga qaram bo'lib qolishini istamaydi. Shuning uchun Krishtianu hech qachon bir tomchi ham spirtli ichimlik ichmagan.
U dunyoning cho'qqisiga chiqishni istagan. Bu maqsad yo'lida o'zining qaerda kelib chiqqanini hech qachon unutmaslik kerakligini o'z ongiga singdirib olgan», — deya yozdi Aveyru ijtimoiy tarmoqlar orqali.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!