"Nyukasl" yozgi transfer kampaniyasini davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
"Nyukasl" transfer kampaniyasini davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq, ingliz klubi "Milan" yarim himoyachisi Sandro Tonalini sotib olishi ma'lum bo'lgandi.
Janluka Di Martsioning so'zlariga ko'ra, A Seriyaning yana ikki o'yinchisi - "Milan" himoyachisi Teo Ernandes va "Yuventus" vingeri Federiko Keza "qarg'alar" qiziqish doirasiga tushib qolgan.
"Nyukasl" Ernandesning transferi "Milan"ning talablari va "Atletiko"ning futbolchiga qiziqishini hisobga olgan holda qiyin bo'lishini biladi.
Kezaga kelsak, britaniyaliklar "Yuventus"dan transfer imkoniyati haqida ma'lumot so'rashgan. Qayd etilishicha, “Aston Villa” Federiko uchun “byankonerilar”ga 60 million evro taklif qilgan, biroq futbolchining o'zi Konferentsiyalar ligasidagi klubga o'tishni istamayapti.