"Fiorentina" yarim himoyachisi "Atletiko"ga o'tishni istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat faoliyatini "Atletiko Madrid"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi L'Equipe.
Manbaga ko'ra, klub 26 yoshli marokashlik bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgan.
Amrabat 2020 yilning yozidan beri "Fiorentina"da o'ynamoqda, uning shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.
2022/23 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!