Lukaku ikkinchi bor Saudiya klubi taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
37Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku Saudiya Arabistoni taklifini ikkinchi bor rad etdi, deb xabar beradi La Gazette Dello Sport.
Manbaga ko'ra, unga bildirilgan birinchi taklif (ikki yilga 25 million) 30 millionga oshirilgan va mavsum uchun uzaytirilgan, ammo bu belgiyalikning qarorini o'zgartirmagan. U 30 yoshida Arabistonga ko'chib o'tishni erta deb hisoblaydi va hech bo'lmaganda 2026 yilgi jahon chempionatigacha Evropada o'ynashni xohlaydi.
O'tgan mavsumda forvard "Inter" safida barcha turnirlar doirasida 36 o'yinda maydonga tushib, 14 gol urgan va 7 golga assistentlik qilgan. U "Chelsi"dan ijaraga olingan "Inter" tarkibida o'ynadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!