Mbappe Frantsiyada yil futbolchisi deb e'tirof etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34484
PSJ va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiyada 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda France Football tvitterdagi sahifasida e'lon qildi.
France Football nashri Frantsiyaning eng yaxshi futbolchisi sifatida 20 yoshli futbolchini tanladi.
Avvalroq, Mbappe “Oltin to'p” uchun kurashda 4-o'rinni egallagan edi.
Ma'lumot uchun, yozda Mbappe jahon chempioni bo'lishga muyassar bo'ldi. Joriy mavsum esa u 12 ta o'yinda 13 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!