Jurnalist: «Mbappe «PSJ»ga qarshi urush e'lon qildi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93
Frantsiyalik jurnalist Daniel Riolo «PSJ» bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan Kilian Mbappening xatti-harakatlariga baho berdi.
«Biz katta mojaroga guvoh bo'lyapmiz. «PSJ» futbolchida bunday xat olishni kutmagandi. Bu o'ziga xos urush e'lon qilish hisoblanadi.
Mbappe hozirdanoq shartnomani uzaytirmasligini e'lon qilib, klub va'dalariga va loyihasiga ishonmasligini ma'lum qildi. Bu esa «PSJ» uchun barchasini o'zgartirib yuboradi. Hattoki, bu yangi murabbiy qidirish ishlariga ham ta'sir qilishi mumkin.
Agar men «PSJ» bosh direktori bo'lganimda, Mbappeni yozda sotib yuborgan bo'lardim. O'zining so'nggi mavsumini o'tkazishini e'lon qilgan futbolchini jamoada qoldirib bo'lmaydi», – dedi Riolo.
Mbappe 2017 yildan buyon «PSJ» a'zosi hisoblanadi. U yakunlangan mavsumda 43 ta o'yinda ishtirok etib, 41 gol va 10 assist muallifiga aylandi.