«Real» hujumchi xarid qilishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230
«Real» klubi «Espanol» hujumchisi Xoseluning transferi borasida yakuniy muzokaralarni olib bormoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" yaqin kunlar ichida ushbu transferni yakuniga etkazadi. «Qaymoqranglilar» Xoseluning o'zi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo'lishgan. 33 yoshli futbolchining o'zi ham "Real"ga o'tishni istamoqda.
Xoselu La liganing yakunlangan mavsumida «Espanol» safida 34 ta o'yinga maydonga tushib, 16 gol va ikki assist muallifiga aylandi. U Ispaniya terma jamoasi safida ikkita o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!