"Chelsi" Kaysedo uchun kurashda peshqadam
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "Chelsi" "Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Chelsi" ayni damda "Arsenal"ga qarshi o'yinchi uchun kurashda g'alaba qozonmoqda, "kanonirlar" ham ekvadorlik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Kaysedo potentsial xaridorlarga 70-80 million funt sterlingga tushadi.
Moysesning o'zi yangi sinovlar xohlaydi va agar taklif bo'lsa, "Brayton" o'yinchini ushlab turmaydi.
Kaysedo joriy mavsumda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!