Florentino Peres: "U uyiga qaytdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres so'nggi 3 yil davomida "Rayo Valekano"da to'p tepgan himoyachi Fran Garsiyaning jamoaga qaytishi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, chap qanot himoyachisi o'zining transferi tafsilotlari bo'yicha yanvar oyida kelishib olgan, biroq mavsum oxirigacha "Rayo Valekano"da qolgandi.
“Biz strategik rejamiz doirasida o'yinchilarni qo'lga kiritish orqali dunyoning eng yaxshi jamoasini qurmoqchimiz. Bugun biz birinchi futbolchi bilan shartnoma imzoladik. Fran Garsiya uyga qaytdi”, - dedi Peres futbolchining taqdimotida.
23 yoshli Garsiya La Liganing so'nggi mavsumida ikkita gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!