De Bryuyne kelasi mavsum startini jarohat sabab o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening tiklanish davri ma'lum bo'ldi.
31 yoshli belgiyalik Chempionlar ligasi finalida "Inter"ga qarshi o'yinda jarohat oldi - yarim himoyachi ikki oydan beri uni bezovta qilayotgan son payini shikastlab olgan.
De Bryuyne endi kelasi mavsum boshlanishini o'tkazib yuborishi mumkin, deya xabar beradi The Independent. U aniq Belgiya terma jamoasiga Evro-2024 saralash o'yinlarida yordam bermaydi.
Joriy mavsumda Kevin 49 o'yin o'tkazib, 10 gol va 31 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!