La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen La Liganing o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda kataloniyaliklar jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
Umuman olganda, nemis darvozaboni milliy chempionatning 38 uchrashuvida bor-yo'g'i 18 ta gol o'tkazib yuborgan, 26 tasida o'z darvozasini quruq saqlagan.
Ter Shtegen deyarli 10 yil - 2014 yildan beri "ko'k-anorranglilar" tarkibida o'ynamoqda. "Barselona" bilan birga u besh marta Ispaniya La Ligasi va Ispaniya kubogini yutgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!