CAFA Nation’s Cup. O'zbekiston O'mon ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
“CAFA Nation’s Cup” musobaqasining 1-turi doirasida O'zbekiston milliy jamoasi O'monga qarshi maydonga chiqib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Bahsning 7-daqiqasida vakillarimiz shundoqqina jarima maydoni ostonasida jarima zarbasini tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Masharipov to'pni erlab tepdi va to'p sakragan jonli devor ostidan o'tib, to'rga borib tushdi.
O'yinning 24-daqiqasida Jaloliddin yana bir chiroyli gol muallifiga aylandi. Masharipov himoyachilardan qochib ketgan holda chap qanotdan Farrux Sayfiev havolatib etkazgan chiroyli uzatmani bir urinishda darvozaga joylab qo'ydi.
Ikkinchi bo'limning aksariyat qismida hisob o'zgarmadi. O'yin tugashiga bir daqiqa qolganida Hojiakbar Alijonov uchinchi golimizga mualliflik qildi.
Avvalroq "A" guruhida bo'lib o'tgan Turkmaniston va Tojikiston o'rtasidagi o'yinda durang qayd etildi (1:1). Shu bois, terma jamoamiz ilk o'yindan keyinoq guruh peshqadamiga aylandi. Terma jamoamiz keyigi uchrashuvni 14 iyun kuni Turkmanistonga qarshi o'tkazadi.
CAFA Nation’s Cup
"A" guruhi, 1-tur. 20:30
O'ZBEKISTON - O'MON - 3:0
Gollar: Jaloliddin Masharipov (7, 24), Hojiakbar Alijonov (89)
O'zbekiston: O'tkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullaev, Farrux Sayfiev (Abduqodir Husanov, 83), Sherzod Nasrullaev, Umarbek Eshmurodov, Otabek Shukurov, Jamshid Iskandarov (Sardor Sobirxo'jaev, 60), Odil Hamrobekov (Jasur Yaxshiboev, 73), Oston O'runov (Abbosbek Fayzullaev, 73), Jaloliddin Masharipov (Hojimat Erkinov, 60).
O'mon: Ibrohim al-Muhayniy, Arshad al-Alaviy (Abdulloh Favaz, 46), Juma al-Habsiy, Ahmad al-Hamisiy, Issam as-Sabhiy (Mahmud al-Mushaifriy, 65), Zohir Akbariy (Abdul Rahmon al-Mushaifriy, 85), Umar al-Malkiy (Muhsin al-G'assoniy, 46), Jamil al-Yahmadiy, Ahmad al-Kaabiy, Saloh al-Yahyoiy, G'arib as-Saadiy.
Tojikiston – Turkmaniston 1:1
Gollar: 0:1 – 57 Annaev, 1:1 – 86 Hamroqulov.