«An-Nasr»dan iste'foga chiqqan murabbiy «Napoli»ni boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
Luchano Spalletti «Napoli» bosh murabbiyligidan ketgach klub prezidenti Aurelio De Laurentis yangi murabbiy qidira boshladi. Hozircha u Rudi Garsiya variantini ko'zlab turibdi.
Italiya matbuoti tarqatgan xabarga ko'ra, don Aurelio yaqinda Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubidan iste'foga chiqarilgan mutaxassis bilan gaplashishga ulgurdi.
De Laurentisga frantsiyalik mutaxassisning o'yin falsafasi yoqadi. Garsiya A seriyada ishlagani (2013-2016 yillar "Roma"da) va Italiya futbolini yaxshi bilishi "Napoli" xo'jayiniga ma'qul kelib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!