"Lids" egasi o'zgarmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 73
"Lids" yaqinda klub egasi o'zgarishini e'lon qildi.
Italiyalik biznesmen Andrea Radritstsani o'z ulushini 44 foiz ulushga ega bo'lgan Amerikaning "49ers Enterprises" kompaniyasiga sotmoqda. Endi u 100 foiz aktsiyaga ega bo'ladi.
Goal nashri xabariga ko'ra, Radritstsani 170 million funt oladi (klub Premer-ligadagi o'rnini saqlab qolganida 400 millionga da'vo qilishi mumkin).
"49ers Enterprises kompaniyasi 60 ga yaqin investorlarni birlashtiradi, ularning har biri futbol hokimiyati tomonidan tekshiriladi.
Radritstsani esa sarmoyaviy guruh bilan birgalikda Massimo Ferrerodan "Sampdoriya"ni sotib olishni yakunlaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!