Kapello Xvicha haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello “Napoli” hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya A Seriyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlanganiga izoh berdi.
"Men tanlovga qo'shilaman! Xvicha A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi”, dedi Kapello.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli gruziyalik futbolchi o'tgan yozda "Napoli"ga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda u Italiya chempionatining 33 uchrashuvida 12 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kvaratsxeliyaning "Napoli" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining narxi 85 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!