Moyes ishdan ketadi, agar...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Vest Xem" mavsum oralig'ida bosh murabbiyni almashtirishni ko'rib chiqmoqda. Devid Moyes unga bo'lgan ishonch susayganligi sababli iste'foga chiqarilishi mumkin.
The Guardian xabariga ko'ra, Moyesning "Vest Xem"dagi taqdiri Konferentsiyalar ligasi finali natijasiga bog'liq bo'lishi mumkin.
Unda "bolg'achilar" "Fiorentina"ga qarshi bahs olib boradi. Mag'lubiyat Moyesni ishdan bo'shatishini anglatmaydi, ammo bu shotlandiyalikning o'tkazgan mavsumiga jiddiy baho berishiga sabab bo'ldi. Aytish joizki, Premer-ligada «Vest Xem» bor-yo'g'i 14-o'rinni egalladi.
Qayd etilishicha, “Vest Xem” hozirdanoq potentsial nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.
"Vest Xem" va "Fiorentina" o'rtasidagi Konferentsiyalar ligasi finali 7 iyun kuni bo'lib o'tadi. Ingliz klubi 1980 yildan beri birinchi marta Evropada bosh kubokni qo'lga kiritishi mumkin.